
"Inter" ustozi jamoasi finalda favorit emasligini tan oldi, ammo...
Milanning “Inter” klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi 10 iyun kuni “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu qiyin o‘yin bo‘ladi, "Inter" finalda favorit emas. Biz dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bilan to‘qnash kelamiz. Ammo shunga qaramay biz o‘z uslubimizni o‘zgartirmoqchi emasmiz. Biz o‘yinga qo‘limizdan kelganicha kuchli tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz”, — dedi italiyalik mutaxassis UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
“Manchester Siti” va “Inter” o‘rtasidagi UEFA Chempionlar ligasining finali 10 iyun, shanba kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Fikrlar