
"Inter" va "Milan" bir futbolchi uchun kurashadi
Donetskning “Shaxtyor” klubi himoyachisi Ismoil faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Calciomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli braziliyalik futbolchiga “Inter” va “Milan” klublari jiddiy qiziqib qolishgan. Aytish lozimki uning “konchilar” bilan imzolagan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan va unga ko‘ra tovon puli miqdori 100 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Ismoil “Shaxtyor” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 33ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar