"Inter" yozda "Barselona" futbolchisini ijaraga olmoqchi, ammo...
Milanning "Inter" klubi "Barselona" vingeri Malkomga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 22 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida ijaraga olishni rejalashtirishmoqda. Biroq, “Barselona” rahbariyati uning ijarasi borasidagi taklifni rad etishi mumkin. Boisi, ular futbolchini faqatgina to‘liq sotib yuborishadi yoki tarkibda olib qolishadi.
Eslatib o‘tamiz, Malkomga shuningdek "Liverpul", "Tottenxem", "Napoli", "Yuventus" va yana bir qator Xitoy klublaridan qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Malkom joriy mavsum “Barselona” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar