"Inter" yozda Lukakuni sotib yuborishi mumkin

  • 9 fevral, 2021, 09:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Calciomercato.com nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “neradzurrilar” mavsum yakunlangach, belgiyalik futbolchi borasida yaxshi takliflar bo‘lsa, uni qabul qilishga tayyor. Ammo Lukakuning o‘zi "Inter"dan ketmoqchi emas, lekin rahbariyat moliyaviy inqirozni kamaytirish maqsadida shunday yo‘l tutishi mumkin. Aytish lozimki, Lukakuning yillik maoshi 7,5 mln evroni tashkil etadi va u “Inter”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.

Romelu Lukakuga PSJ va "Manchester Siti"dan qiziqishlar mavjud. Har ikkala grand ham ushbu transferni amalga oshirish uchun qulay fursatni poylamoqda.

Lukaku joriy mavsum A Seriyada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!