"Inter"ni chempion qilgan futbolchilar yozda sotib yuboriladi

  • 13 may, 2021, 19:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Inter" yozda Romelu Lukakuni sotib yuboradi.

Tecno

"Neradzurrilar"ning bunday qarorga kelishiga klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgani sabab bo‘lgan. Aytish lozimki, milanliklar belgiyalik hujumchidan tashqari Lautaro Martines, Ashraf Xakimi va Alessandro Bastoni kabi futbolchilari bilan ham xayrlashmoqchi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Lukakuga "Chelsi" va "Manchester Siti"dan jiddiy takliflar bor. "Inter" rahbariyati uning transferidan 120 million evro ishlab olishni ko‘zlamoqda.

Lukaku joriy mavsum “Inter” safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga jami 28 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!