
Iordaniya terma jamoamizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi!
Iordaniya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi halqaro o‘rtoqlik uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvning 30-daqiqasida himoyachi Islom Qobilovning qo‘pol xatosidan so‘ng Seif Baha hisobni ochdi. 57-daqiada standart vaziyatdan keyin Nasib Abdullah darvozani ishg‘ol qilib, oradagi farqni yana bittaga oshirdi. O‘yinga yakuniy nuqtani Hamza qo‘ydi. Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan jamoa sardori Suyunovni osonlikcha ortda qoldirdi.
Shu tariqa, Srechko Katanets shogirdlari ikkinchi o‘rtoqlik bahsida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
UChRAShUVNING MATNLI TRANSLYaTsIYaSI!
Fikrlar
Ўзбек Футболни ўзгартирмоқ учун нима қилмоқ керак???
Нимадан бошламоқ керак????
Деган саволга жавоб топиш учун 17 томли китоб ёзиш шарт эмас... шунчаки Сабр қилиш керак. Охирини кутиш керак. УФА ва МТЖ лар марказини Корупция билан яхши шуғулланган инсонлар бошқармоқда экан, биз ҳали бери ЖЧни сабр билан кутишга МАЖБУРМИЗ.
qani senlarda or, nomus, g`urur, qani VATAN sha`ni. Ximoyachilar senlarga lan`atlar bo`lsin. senlar ximoyachi emas xalqimizni shuriga bitgan nonko`rsilar. Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga chiqolmay futbolsevar xalqimizning nafratiga duchor bo`lgan edilaring, aslida ayb murabbiylarda xam emas, xamma ayb sen futbolchilarda.Xammang o`zincha futbol yulduzisan, osmondan yerga tush, o`zingdan yulduzcha yasamay. Yaqin 1-2 yil ichida biz pisand qilmaydigan osiyodagi o`rtamiyona jamoalar bilan o`ynashimiz xam qiyin bo`lib qoladi. Eh essiz, senlarday gururi yo`q futbolchilar bo`lar ekan yaqin yillar ichida Osiya kubogiga ham chiqichimiz xam qiyin bo`lib qoladi.