Iordaniyadagi litsenzion musobaqada ishtirok etuvchi bokschilarimiz tarkibi ma’lum

  • 27 fevral, 2020, 10:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 3-11 mart kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasi bokschilari uchun litsenzion musobaqa tashkil etiladi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu musobaqada qatnashuvchi qizlarimiz bugun Iordaniyaga jo‘nab ketishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Murabbiylar shtabi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi tarkibni tanlab oldi:

-51 kg: Tursunoy Rahimova
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Maftuna Melieva
-75 kg: Navbahor Hamidova

Bosh murabbiy: Lochin Qo‘chqorov
Katta murabbiy: Elshod Rasulov

Ayni damda yigitlarimiz Amman shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda. Ushbu yig‘in yakuniga ko‘ra erkaklar terma jamoamizning ham musobaqada qatnashuvchi tarkibi e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!