
Iqboljon Xoldorov va yana ikki bokschimiz "Gubernator kubogi" finaliga chiqdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha “Gubernator kubogi” musobaqasi davom etmoqda. Bugun musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kun dasturida terma jamoamizning 3 ishtirokchisi final uchun ringga ko‘tarilishdi. -56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Halakov rossiyalik Nazir Balaevni ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etdi.
-69 kgda esa Iqboljon Xoldorov ham mezbonlar vakilidan ustun keldi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Shuningdek, Kozimbek Mardonov (-81 kg) rossiyalik Rishat Bakirovni katta qiyinchiliklar evaziga mag‘lub etib, termamizning uchinchi finalchisiga aylandi.
Fikrlar