Iraola Virtsning tanqidchilariga javob qaytardi
«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Florian Virtsni himoya qildi. Nemis futbolchisi tez-tez tanqidlarga uchramoqda. Mutaxassis shogirdi jamoaviy o‘yinda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
«U milliy jamoa safida yaxshi o‘ynadi. Gol ham urdi. Bu yerda uning o‘yinlari ham yaxshi, ham unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan tarzda kechadi. Men uning o‘yiniga jamoa nuqtai nazaridan qaragan bo‘lardim. Shuningdek, qanday qilib yaxshi o‘ynash va natijalarga erishishimiz mumkinligiga e’tibor qaratgan bo‘lardim», — dedi Iraola. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, nemis yarim himoyachisi 2025 yil yozida «Bayer»dan 125 million yevro evaziga «Liverpul»ga o‘tgan edi. 23 yoshli Virts mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar