Irlandiyalik bokschi: “Sportda dopingsiz yuqori cho‘qqiga chiqish juda qiyin”

  • 6 sentabr, 17:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Irlandiyalik bokschi Maykl Konlan sportda doping va ish faoliyatini oshiruvchi dorilar (PED – Performance Enhancing Drugs) haqida o‘z fikrini bildirdi. 

Tecno

“Ha, menimcha, ularni juda ko‘pchilik ishlatadi. AQSh doimo bu borada oldinda bo‘lgan. Rossiya hamisha etakchi. Buyuk Britaniya ham, ma’lum ma’noda, shu yo‘lda harakat qilmoqda. Har erda faol ravishda doping ishlatayotgan sportchilar bor. Biroq men bunday qilmayman. Kareram tugaganda, natijam qanday bo‘lishidan qat’i nazar, oynaga qarab, men o‘z yo‘limdan bordim va halol bo‘ldim, deb ayta olaman”, — dedi Konlan "Boxing Scene" ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Maykl professional bokschi sifatida 20 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!