Iroq terma jamoasi sardori "Paxtakor" mashg‘ulotlarida

  • 05.01.2025 17:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Iroq terma jamoasi sardori va "Paxtakor"ning yangi futbolchisi Bashar Resan "sherlar"ning mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda poytaxt klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

"Kecha tunda Antalyaga uchib kelgan hujumkor yarim himoyachi Pedru Moreyra qo‘l ostida ilk mashg‘ulotini o‘tkazishga ulgurdi", - deyiladi xabarda. 

"Al Quv’a" jamoasidan "Paxtakor" safiga kelib qo‘shilgan Bashar hozirga qadar "Persepolis" va "Qatar SK" klublarida mkvaffaqiyatli to‘p tepgan.

U 2014 yildan beri Iroq terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Uning hisobida 55 ta o‘yinda 4 ta gol bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!