
Ishda bo‘lsangiz ham ko‘rishingiz kerak bo‘lgan o‘yin! Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Afrika giganti bilan kuch sinashadi
Xalqaro tanaffusda bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etmoqda.
Jumladan, ayni vaqtda Janubiy Koreyaning Koyan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Milliy terma jamoasini ham bugun Afrika qit’asining nomdor vakillaridan biri hisoblanmish Kamerunga qarshi bahs kutib turibdi.
Vakillarimiz ishtirokidagi bahsni bugun 11:00dan boshlab O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasining You Tube sahifasida JONLI EFIRda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar