
Ishsiz qolgan "Arsenal" sobiq sardori o‘ziga yangi klub topdi
"Arsenal" va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir Chempionship vakili "Bornmut" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
29 yoshli futbolchi klubi mashg‘ulotlarida oktyabr oyidan buyon ishtirok etmoqda. Sky Sports nashri ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Jeyson Tindallada iliq taassurot qoldirdi va endi klub rahbariyati Uilsherga to‘laqonli kelishuv taklif qilmoqchi.
"Arsenal" safida 10 mavsum mobaynida to‘p surgan futbolchi mavsum avvalida "Vest Xem" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Fikrlar