Iskanderov 1638 kundan keyin yana OChLda gol urdi, Yaxshiboev va Abdumannonovlardan debyut!

  • 3 oktabr, 2023, 21:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Mumbay Siti" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda namanganliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarga Jamshid Iskanderov, Jasurbek Yaxshiboev va Doniyor Abdumannonovlar mualliflik qildi.

Tecno

Jamshid Iskandarov 1638 kundan keyin yana Osiyo Chempionlar ligasida yana gol urdi. 29 yoshli yarim himoyachi so‘nggi bor 2019-yilning aprel oyida "Al-Ittihod" darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Shuningdek, "Navbahor" futbolchilari Jasurbek Yaxshiboev va Doniyor Abdumannonovlar bugun musobaqadagi debyut golini rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!