
Isko ham ketdi
"Real" klubi yarim himoyachisi Isko jamoani tark etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi instagramdagi sahifasida e’lon qildi.
Ispaniyalik xavbekning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi shu yilning yozigacha amal qilardi. U madridliklarni erkin agent sifatida tark etmoqda.
Isko «Real» safida 19 sovrin yutdi. Eng salmoqlilari Evropa Chempionlar ligasida 5 bor, La Ligada 3 marta g‘oliblikka erishdi.
Yarim himoyachi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 14 bor maydonga tushib, bir marta darvozani ishg‘ol qildi.
Fikrlar