Isko yana "Real" rahbariyatiga yuzlandi

  • 01.02.2021 22:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi Isko jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Cuatro nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘rab, klub rahbariyatiga murojaat qilgan. Isko Ispaniya terma jamoasi safida “Evro-2020”da ishtirok etish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Unga “Arsenal”dan qiziqish bor.

28 yoshli Isko joriy mavsum “Real” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!