Islom Ahmedov Tojikistonda tashkil etilgan o‘quv-kursiga boshchilik qildi
Tojikiston futbol federatsiyasi oxirgi paytlarda murabbiylarning bilimiga katta e’tibor qaratyapti.
Shu munosabat bilan TFF texnik departamentining rejasiga asosan Dushanbeda OFKning olti kunlik kurslari bo‘lib o‘tdi.

E’tiborlisi, FIFA va OFK instruktori, hamyurtimiz Islom Ahmedov ushbu o‘quv-kursiga boshchilik qildi.
Mahalliy mutaxassislar va texnik ekspert murabbiylar, jumladan Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mubin Ergashev va boshqalar mazkur tashkil etilgan kurslarda qatnashishdi hamda Islom Ahmedovdan kerakli bilimlarni o‘zlashtirdilar.
Fikrlar