
Islom Ismoilov (O‘zbekiston U-17 terma jamoasi murabbiyi): "Natijadan xursand bo‘lsam ham o‘yindan qoniqmadim"
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Tailandga qarshi yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Dastlabki uchrashuv bo‘lgani bois, yigitlarda hayajon sezildi. Bu yoshdagi futbolchilarda, yuqori darajadagi turnirda birinchi bor ishtirok etayotganliklari sabab, shunday holat kuzatilishi tabiiy. Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik. O‘yin avvalida tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Shundan so‘ng futbolchilarimiz hotirjamlikka berilishdi, bu o‘yinga ta’sir qildi. Himoyadan hujumga o‘tishda muammolar yuzaga keldi. Natijada gol bilan jazolanishga majbur bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urib, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qildik va g‘alabani mustahkamladik. Natijadan xursandman, biroq o‘yin sifatidan qoniqmadim. Sababi, biz bundan-da yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olamiz. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, kelgusi o‘yinlarda sifatli futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz" - deya mutaxassis ta’rif berib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz navbatdagi uchrashuvini 6 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Xitoyga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar