Islom Ismoilov: "Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Chernogoriya termalarini hurmat qilamiz, ammo ulardan qo‘rqmaymiz!"

  • 10 avgust, 2023, 16:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2023” turniri oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumanida ishtirok etib, turnir haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Turnir haqida.

– Avvalambor, ushbu turnirni tashkil etayotgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorlik bildiraman. Bu kabi jamoalarga qarshi o‘yinlar muhim turnirlarga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Chernogoriya kuchli terma jamoalar hisoblanadi. O‘z uyimizda o‘ynayotganimiz sababli, turnirda yaxshi ishtirok etib, muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz.

Raqib jamoalar haqida.

– So‘nggi vaqtlarda o‘zbekistonlik futbolchilar har qanday jamoaga qarshi hayiqmasdan harakat qilmoqda, buni erishilayotgan natijalar ham tasdiqlaydi. Biz raqiblarimizni hurmat qilamiz, lekin ulardan qo‘rqmaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!