Islom Maxachev-Charlz Oliveyra kimda imkoniyat yuqori? O‘zbekiston MMA olami vakillari javob berdi

  • 14 oktabr, 2022, 13:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

Mana "UFC 280" turniriga xam sanoqli kunlar qoldi. Butunjahon MMA ixlosmandlarini diqqat e’tibori Abu-Dabiga qaratiladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tecno

Chunki, 22 oktyabr kuni engil vazn toifasining eng kuchli ikki vakili chempionlik kamari uchun jang qiladi. Ha, Islom Maxachev oldida juda qiyin raqib Charlz Oliveyra turibdi. Bu to‘qnashuv borasida turli xil fikrlar mavjud. Biz an’anaga sodiq qolgan holda, yurtimiz MMA olami vakillarini fikri bilan qiziqdik.

- Jahongir Qoraboev - murabbiy 

- Har ikkisi juda kuchli jangchilar va bahs qiziqarli tarzda o‘tadi. Maxachevga muxlislik qilaman va g‘alaba qozonishini istayman. Biroq, Oliveyra diviziondagi TOP jangchilarni engdi va uning jiu-jitsusi juda kuchli. Maxachevda esa kurash, grepling  ajoyib tarzda shakllangan. Qolaversa, jangovar sambo borasida juda yaxshi ko‘nikmaga ega. Demoqchimanki, har ikkisining kuchli "qurol"lari mavjud. Shunday ekan, imkoniyatlarni 50/50 degan bo‘lardim. 

IMG_20221014_140903_632

Farruh Madaminov - murabbiy 

- Garchi, Islom Maxachevga muxlislik qilsamda, bu jangda Oliveyra g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. Chunki, uning duch kelgan raqiblariga e’tibor qaratsangiz, vazn toifasini xaqiqiy liderlarini osonlik bilan mag‘lub etgan. Oliveyra "stoyka" da ustun va juda kuchli zarbaga ega. "Parter"da esa jiu-jitsusini ishga solali va bu borada uning oldiga tushadigani yo‘q. Xullas, imkoniyat Oliveyrada yuqori. 

FB_IMG_1665738611571

Jasur Alijonov - murabbiy 

- Bu qarama-qarshilikda Maxachevning imkoniyati yuqori deb o‘ylayman. Albatta, har ikkisi mag‘lubiyatsiz odimlamoqda.Oliveyra ham oddiy jangchi emas.Biroq, hozir Maxachevning davri va u yuqori jismoniy holatga ega, deb o‘ylayman. 

Snapinsta.app_278469351_1152269565596351_7481461947053465295_n

Marat Bekmuratov - menejer (Qirg‘iziston)

- Habiblarning jamoasida o‘ziga xos ko‘nikma mavjud. Ya’ni, ular jangni boshidan nazorat qila boshlaydi.Demoqchimanki, kurashda, "parter" da dominantlik qilishni Abdulmannap Nurmagomedov ularga singdirib yuborgan va juda tartibli ishlashadi. Agar, Maxachev o‘sha bir marotaba nokautga uchragan holatdagi kabi vaziyatga tushmasa, 5 raund o‘zining kuchli greplingi evaziga "parter" da ustunlik qiladi. Oliveyra o‘zining greplingi va jiu-jitsusi bilan Maxachevni xayron qoldira olmaydi. 

IMG_20221014_141346_154_1

Parviz Abdumavlonov -menejer

- Juda qiziqarli jangni guvohiga aylanamiz. Ko‘pi bilan bu bahs 3-raund davom etsa kerak. Islom Maxachevni yutishini hohlasam-da va unga muxlislik qilsam-da, bu jangda Oliveyraning imkoniyati yuqoriroq. U so‘ngi janglarda juda kuchli raqiblarini mag‘lub etdi va bu uning eng yuqori "forma"da ekanligini anglatadi. Ammo, bu UFC va kim g‘alaba qozonishini 22 oktyabr kuni bilib olamiz. 

Snapinsta.app_310518907_1271283687037911_1370711441036828345_n

Zarruh Adashev - MMA jangchisi

- Albatta, Islom Maxachev g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Sababi, Oliveyra to‘g‘ri kuchli raqiblarni mag‘lub etgan. Biroq, ularning barchasi "stoyka"da jang olib boruvchilar edi. Qolaversa, nokdaunga uchratib ham bosim qilishga raqiblari cho‘chigandi. Islom esa aksincha yiqitdimi zarbalar berishga harakat qiladi. O‘ylashimcha 3-raundda Ground- and - pound orqali texnik nokaut bilan Maxachev g‘alaba qozonadi.

IMG_20221014_141329_921

Jamol Mutalibov - MMA jangchisi 

- Menimcha UFC tarixidagi eng qiziqarli janglardan biri bo‘ladi. Maxachevga muxlislik qilsam-da, tan olish kerak, Charlz Oliveyra juda kuchli va bu safar ham g‘alaba qozona kerak. Chunki ,Maxachevni kurashi kuchli bo‘lsa ham "parter"da Oliveyra xavfli va istalgan holatda u og‘riqli uslubni qo‘llay oladi. "Stoyka" da esa qanday jang olib borishini o‘sha Pore, Getji va Chendlerga qarshi bahslarida guvox bo‘ldik. Bu borada ham u Maxachevdan yaqqol ustun, deb o‘ylayman. 

Snapinsta.app_227437441_839172423396482_959249294929400327_n

Humoyun Mahkamov - MMA jangchisi 

- Qiziqarli jang bo‘ladi. Har ikkisi juda kuchli atletlar. Oliveyraning arsenali boyroq bo‘lsa ham nazarimda Maxachevning kurashi va greplingiga u dosh bera olmasa kerak. Maxachev g‘alaba qozonadi, degan umiddaman va unga muxlislik qilaman.

IMG_20221014_143154_274

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
14/10/2022 16:49
Оливейра кучлирок!