Islom Maxachev Charlz Oliveyra va Beneil Dariush jangi g‘olibi borasida o‘zi fikrini bildirdi

  • 10 iyun, 2023, 18:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vaznda UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev ushbu vaznda sobiq chempion braziliyalik Charlz Oliveyra va amerikalik Beneil Dariush o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

“Umid qilamanki, Beneil Dariush Charlz Oliveyrani mag‘lub etadi, chunki keyingi raqibim hali men bilan jang qilmagan odam bo‘lishini xohlayman. Menga yangi chaqiruv, yangi raqib kerak, shuning uchun men Beneil bilan uchrashishni xohlayman.

Umid qilamanki, u ertaga Oliveyrani mag‘lub etadi. Rostini aytsam, u buni qila oladi deb o‘ylayman ", - dedi Maxachev.

Eslatib o‘tamiz, Oliveyra va Dariush o‘rtasidagi jang bugun oqshom Vankuverda (Kanada) "UFC 289" turnirining 2- markaziy jangi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!