Islom Maxachev: "Hafta o‘rtalarida tabassum qilish ham ancha qiyinlashib qoldi"
Engil vazn toifasida (70 kg) amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev hamyurti Arman Tsarukyan bilan jangga tayyorgarlik haqida gapirdi .
“Hozir umumiy jismoniy tayyorgarlikning eng og‘ir bosqichidamiz. Bosim, yugurish va turli yuklamalar... Kislovodskdagi balandlik ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ayniqsa, hafta o‘rtalarida tabassum qilish ancha qiyinlashib qoldi”, — dedi chempion "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev (26-1) va Tsarukyan (22-3) o‘rtasidagi revansh jangi 2025 yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar