Islom Maxachev va Ian Garri to‘qnashuvi uchun zahira jangchisi belgilandi
Xabaringiz bor, 16 avgust kuni AQShning Las-Vegas shahrida "UFC 330" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda taniqli MMA ustasi Islom Maxachev ham ishtirok etib, irlandiyalik Ian Garriga qarshi yarim o‘rta vazndagi chempionlik kamarini himoya qilishi belgilangan. "MMA on Point" bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘qnashuvni ekvadorlik Maykl Morales (19-0) sug‘urtalaydi.

Eslatib o‘tamiz, Morales oxirgi jangida Shon Bredini 1 raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar