Islom Maxachev va Iliya Topuriya oʻrtasidagi jang aslida nima uchun bekor qilingan edi?
Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriyaning menejeri Malki Kava Islom Maxachyev va uning jamoasi qoʻygan ayblovlarga javob qaytarib, "Matador"ning jangdan "yechilgani" haqidagi maʼlumotni rad etdi.
"Chorshanba kuni bizga Justin Getji yoki Islom Maxachyev variantini tanlash taklifi kelib tushdi. Biroq rossiyalik bilan jang qilish uchun soʻralgan summani ular rad etishdi.
Juma kuni UFC yangi taklif bilan qaytdi (Oq uydagi turnir uchun). Ammo bu vaqtda kelib Maxachyev qoʻlidan jarohat olib, oʻyindan chiqib ketgandi.
Islom va Iliya qarama-qarshiligi - ehtimol UFC tarixidagi eng katta toʻqnashuvdir. Agar shunday boʻlsa, u UFC tarixidagi eng katta gonorarni olishi kerak emasmi? Agar kamroq pulga rozi boʻlganimizda, gʻirt ahmoqlik bʻlardi. Biz 100 million soʻramadik, 50 million ham soʻramadik. Oʻylashimcha, mutlaqo oqilona summani aytdik.
Shunday ekan, bemaʼni gaplarni aytishni bas qiling. Oq Uydagi turnirdan keyin biz bu jangni, albatta, tashkil etamiz.", - deya xulosa qildi Malki Kava.

Fikrlar