Islom Maxachev Xabib Nurmagomedovni soyada qoldirdimi?

  • 22 may, 11:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Kim kuchliroq? Keling, hozir ikki super yulduz Islom Maxachev va Xabib Nurmagomedovni o‘zaro holis taqqoslab ko‘rishga harakat qilamiz. 

Tecno


Islom Maxachevga ustunlikni berish uchun argumentlar:

Maxachev Xabib bajarmagan ishni qildi, ya’ni  u 77 kg ga ko‘tarildi. Yarim o‘rta vazn toifasidagi yo‘l qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishini hozircha bilmaymiz, biroq bunday tavakkalchilikning o‘zi Islomga nisbatan ustunlikni berishimizga sabab bo‘la oladi. 

Maxachev taxminan, 19 oydan buyon "Pound-for-Pound" reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi! Bu UFC tarixidagi eng uzun davrlardan biri. Xabib o‘z faoliyatini yakunlaganidan keyingina P4P etakchisiga aylandi, unga hurmat ko‘rsatildi va olti oy davomida birinchi o‘rinda turdi.

Islom g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda. UFC tarixida eng uzun seriyaga ega jangchi hozircha Anderson Silva hisoblanadi - 16 g‘alaba. Maxachevda esa 15 ta. Agar dog‘istonlik navbatdagi bahsda zafar quchsa, ham rekordni takrorlaydi, ham yarim o‘rta vazndagi kamarga ega chiqadi.

Xabib Nurmagomedovga ustunlikni berish uchun argumentlar:

Islom qancha g‘alaba qozonmasin, rekordlarni yangilamasin, unda Habibning aurasi yo‘q! Nurmagomedov oktagonga chiqqanda g‘olib taxmin qilinmasdi, chunki barchasi aniq edi. Xabibning uslubiga qarshi hech kim chora topolmagan.

Islom braziliyalik Charlz Oliveyra bilan kurashdi, dunyoning narigi tomonida Volkanovski bilan jang qildi, biroq bu bahslarning hech biri Nurmagomedov va Konor Makgregor darajasida bo‘lmadi. Uning davrida bunday "Makgregor" yo‘qligi Maxachevning aybi emas, lekin bu haqiqatni e’tiborsiz qoldirishning ham iloji yo‘q.

Odamlar Islomning muvaffaqiyatida Xabibning hizmati katta ekanini bilishadi. Buni Maxachevning o‘zi ham inkor etmaydi.   


Ko‘rib turganingizdek, natija borasida Maxachev Xabibdan yaxshiroq, biroq kim kuchli ekanini har doim ham bu usul bilan aniqlab bo‘lmaydi. Biz sizga argumentlarni taqdim etdik. Xulosa esa sizdan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!