Islom To‘xtaxo‘jaev "Qizilqum" bilan shartnoma imzoladi

  • 1 mart, 2021, 22:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” klubi bugun yana bir jiddiy xaridni amalga oshirdi.

O‘tgan mavsumni Xitoyning “Shenyan Urban” klubida o‘tkazgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jaev 2021 yilgi mavsumni Navoiyning “Qizilqum” klubida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov sports.uz muxbiriga ma’lum qildi. Biroz avval futbolchi bilan rasmiy shartnoma imzolanganini ta’kidladi.

Islom To‘xtaxo‘jaevning o‘zi ham yaqinda sports.uzga bergan intervyusida Xitoyga ketmoqchi emasligini va faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin ekanligi haqida aytgandi.

Ko‘rib turganingizdek, u “Qizilqum” bilan kelishuvga erishdi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi yangi klubi safida 20-raqam ostida to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, To‘xtaxo‘jaev faoliyati davomida yurtimizda "Neftchi" hamda "Lokomotiv" jamoalarida bir necha yil to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!