
Islomjon Qobilov: "Bunyodkor" xotirjamlikni kechirmaydi
Biroz vaqt oldin Toshkentning “Bunyodkor” klubi davralar oralig‘ida o‘z tarkibiga qo‘shib olgan yangi futbolchilarni ommaga tanishtirdi.
Ushbu marosimdan so‘ng, mavsumning dastlabki qismini “Metallurg” klubi safida o‘tkazgan Islomjon Qobilov SPORTS.uz internet axborot portaliga jamoaga kelib qo‘shilishi va bosh murabbiy to‘g‘risidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
– BAA o‘tgan Osiyo chempionati saralash bosqichidan so‘ng, “Bunyodkor” safiga o‘yinga qisqa muddat qolganda kelib qo‘shildim. Biroq, shunday bo‘lsada, bosh murabbiyning talablarini bajarishga harakat qildim.
– Jamoa tarkibidaga kam sonli nominal himoyachilardansiz. Bu holat asosiy tarkibga kirishda uchun raqobatda sizga xotirjamlik beradimi?
– Bu “Bunyodkor” unda xotirjamlikka berilish mumkin emas. Buni na jamoa, na Mirjalol Qosimov kechirmaydilar va bunga yo‘l ham qo‘yib berilmaydi. O‘zim ham xotirjamlikka berilmay muxlislarni quvontirishga harakat qilaman.
– Jamoadagi muhit haqida nima deya olasiz?
– Jamoaga qo‘shilganimga bir hafta bo‘lgan bo‘lsa, futbolchilar o‘rtasida ajoyib muhit hukm surmoqda. Umid qilamanki, mana shunday holat yil oxirigacha davom etadi.
Fikrlar