
Ismoilov “Everton”ni boshqarishga qarashadi!
Milliarder Alisher Usmonovning qarindoshi Sarvar Ismoilov “Everton” direktorlar kengashi tarkibiga kiritildi.
- “Everton” direktorlar kengashiga kirish men uchun katta sharaf va imkoniyat. Bu juda katta mas’uliyat va men unga jiddiy yondashaman. Men klub xo‘jayini va direktorlar kengashini menga ishonch bildirgani va imkoniyat taqdim etgani uchun minnatdorlik bildiraman.
Men bu klubni yaxshi ko‘raman va strukturasi bilan yaxshi tanishman. Tomirlarimda “ko‘k rangli qon” oqayotganini aytishni istardim. Men qat’iy va o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yadigan insonman. Klubga yangi g‘oyalar va yoshlik shiddatini olib kirishga umid qilaman. Asosiy maqsadimiz – maydonda muvaffaqiyat qozonish. Klubimiz uchun ajoyib yangi sahifa ochilmoqda. Biz yangi davrga kiryapmiz va faqat olg‘a intilamiz, - dedi Sarvar Ismoilov.
Sarvar Ismoilov 2019 yilda tijorat bo‘yicha maslahatchi, keyin ayollar jamoasida sport direktori etib tayinlangan edi. U ayollar jamoasidagi ishini ham davom ettiradi.
Fikrlar