Isoqjonovning goli ham "Navbahor"ga g‘alaba keltirmadi

  • 17 fevral, 2020, 00:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z o‘quv - mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi mazkur yig‘in doirasidagi beshinchi nazorat – sinov bahsini bugun Gruziya Erovnula (oliy) ligasi vakili Samtredianing “Samtredia” klubiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

Belek shahridagi “Suena” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda durang – 1:1 hisobi qayd etildi.

Mazkur uchrashuvning 33-daqiqasida "lochinlar"ning tajribali yarim himoyachisi Islom Isoqjonov hisobni ochdi va namanganliklar tanaffusga 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda muvozanatni tiklash maqsadida hujumkorlikni kuchaytirgan gruziyaliklar 73-daqiqada o‘z niyatlariga etishdi hamda hisobni tenglashtirishdi – 1:1.

Ushbu bahsda Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O‘tkir Yusupov, Mirkomil Lokaev, Igor Golban, Xurshid Muxtorov, Mirzohid  G‘ofurov, Azimjon Ahmedov, Islom Rashidxonov, Ivan Solovyov,  Islom Isoqjonov, Azizbek Turg‘unboev, Ruslan Bolov.  

Zaxiradan maydonga tushganlar: Tohir Shamsitdinov, Zabihillo O‘rinboev.

Shu tariqa “lochinlar” qatorasiga uchinchi bahsda durangga imzo chekishdi.

Eslatib o‘tamiz, namanganliklar oldingi o‘rtoqlik bahslarida  Turkmanistonning “Axal” klubini 1:0, Serbiyaning “Rad” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Qozog‘istonning “Jetisu” klubi bilan 1:1, Ukrainaning “Kolos” jamoasi bilan 0:0 hisobidagi durangni qayd etishgandi.    

“Navbahor” Turkiyada yana 1ta nazorat-sinov o‘yini o‘tkazadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!