
Ispan futboli tarixida eng zo‘r futbolchi kim?
Britaniyaning FourFourTwo nashri turli mamlakatlarning eng kuchli futbolchilarini aniqlashni davom ettirmoqda.
Bu gal ispaniyalik futbolchilar reytingi tuzildi. Bu ro‘yxatda birinchi o‘rin ayni paytda “Barselona”ga bosh murabbiylik qilayotgan Xavi Ernandesga nasib qildi.
Kuchli o‘n beshtalik quyidagicha ko‘rinish oldi.
Xavi (yarim himoyachi).
Andres Inesta (yarim himoyachi).
Iker Kasilyas (golkiper).
David Vilya (hujumchi).
Serxio Ramos (himoyachi).
Serxio Buskets (yarim himoyachi).
Raul Gonsales (hujumchi).
Luis Suares Miramontes (yarim himoyachi).
Karles Puyol (himoyachi).
David Silva (yarim himoyachi).
Fransisko Xento (yarim himoyachi).
Xabi Alonso (yarim himoyachi).
Jerar Pike (himoyachi).
Fernando Torres (hujumchi).
Sesk Fabregas (yarim himoyachi).
Fikrlar