Ispaniya bosh murabbiyi Yamal va Karvaxal urishganiga ishonmadi

  • 4 noyabr, 17:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Ispaniya chempionatining o‘ninchi turidan o‘rin olgan “el-klasiko” paytida “Barselona” etakchisi Lamin Yamal  va “Real”  sardori Daniel Karvaxal o‘rtasida yuz bergan mojaro haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Hech qanday mojaro bo‘lgan emas, hech kim tomonidan g‘alati xatti-harakat kuzatilmadi. Hech qanday janjal, hech bo‘lmasa, maktab darajasidagi urish-tepish ham bo‘lgani yo‘q.

Bu erda oilaviy muhit, birdamlik ruhi hukm suradi. Ular umumiy manfaatni shaxsiy foydadan ustun qo‘ydi. Bu voqea futbolchilar haqida juda ko‘p narsani oydinlashtiradi.

Men doimo Evropa chempionatini eslab yuraman. Yamalning uzatmasi va Karvaxalning goli, ularning quchoqlashuvi, yuzlaridagi hissiyotlar — terma jamoada aynan shunday holat yuz beradi. Men to‘liq ishonch bilan ayta olamanki, bu erda asosiysi, umumiy maqsad yo‘lida birlashishdir, - deji Luis de la Fuente Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “el-klasiko” oldidan Yamal madridlik futbolchilarning “ko‘p hollarda g‘irromlikda va shikoyat qilishda ayblagan” edi. “Real” o‘zaro to‘vnashuvda g‘alaba qozonganidan so‘ng, Karvaxal va  Vinisius Junior “Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi bilan tortishib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!