Ispaniya hech qachon qila olmagan ish! (Tarixga nazar)

  • 5 iyul, 2024, 16:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

2 kunlik tanaffusdan keyin bugundan Evropa chempionati o‘yinlari davom ettiriladi. Final oldi final deya ta’riflanayotgan Ispaniya - Germaniya bellashuvidan avval e’tiboringizga qiziqarli statistikalardan birini taqdim etamiz. Ajablanarli, ammo fakt bo‘lgan jihati shuki, “Qizil Furiya” yirik turnirlarning pley-off bosqichida mezbon jamoalarni xech qachon yuta olmagan.

1934 yil JCh - Italiya

Italiya - Ispaniya 1:0 



1950 yil JCh  - Braziliya 

Braziliya - Ispaniya 6:1

1980 yil Evro - Italiya 

Italiya - Ispaniya 0:0 

1984 yil Evro - Frantsiya

Frantsiya - Ispaniya 2:0



1988 yil Evro - Germaniya 

Germaniya - Ispaniya 2:0

1996 yil Evro - Angliya 

Angliya - Ispaniya 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)

2002 yil JCh  - Janubiy Koreya 

Janubiy Koreya - Ispaniya 0:0 (penaltilar seriyasi 5:3)

2004 yil Evro - Portugaliya 

Portugaliya - Ispaniya 1:0

2018 yil JCh  - Rossiya

Rossiya - Ispaniya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:3)

G‘aroyib ko‘rsatkich. Biroq bu omil bellashuvga xech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkala terma jamoada xam imkoniyatlar darajasi teng. Xar qanday “qora an’analar”, yomon seriyalar zanjiri xam bir kun kelib alabatta uziladi. Shunday ekan, “korrido vatani” vakillarining yirik musobaqalardagi mezbon terma jamoalarga qarshi noxush seriyasi bugun barham topadimi yoki yo‘q, bularning barini yana bir necha soatlardan keyin bo‘ladigan Ispaniya - Germaniya o‘yini orqali bilib olishimiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!