Ispaniya kubogi. "Barsa" yirik hisobda zafar quchgan bo'lsa ham turnir bilan xayrlashdi
Ispaniya kubogi yarim final bosqichining javob bahsida Hans-Diter Flik boshchiligidagi Barselona o‘z maydonida Atletiko Madridni qabul qilib, 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Lekin kataloniyaliklar umumiy hisob bo‘yicha ortda qoldi va turnir bilan xayrlashdi.
"Barsa" bellashuvning 30-daqiqaсida standart vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Lamin Yamalning uzatmasidan so‘ng Bernal gol urdi.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa mezbonlar penalti ishlab oldi va undan Rafinya unumli foydalanib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida Mark Bernal dublni rasmiylashtirdi va jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
- Ispaniya - Qirol kubogi
- Yarim finallar
Barselona
- Marc Bernal 29'
- Raphinha 45'
- Marc Bernal 72'
Tugadi
3
:
0
04.03.2026 01:00

Fikrlar