Ispaniya kubogining barcha yarim finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya kubogida chorak final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra "Valensiya", "Vilyarreal", "Real" va "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Granada", "Mirandes", "Real Sosedad" va "Atletik" klublari yarim finalda ishtirok etadigan bo‘lishdi. Ushbu bosqichda jamoalar qaysi juftliklarda kurash olib borishi esa bugun bo‘lib o‘tadigan qur’adan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya kubogining final uchrashuviga "Sevilya"ning uy arenasi hisoblangan "Ramon Sanches Pisxuan" stadioni mezbonlik qiladi.



Fikrlar