Ispaniya La Ligasi. "Real" o‘z uyida yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi
La Liga 4-turidan o‘rin olgan "Real" - "Betis" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Qirollik klubi" tarkibida Vinisius va Rodrigo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goliga Kanales mualliflik qildi.
Shu tariqa, "qaymoqranglilar" 4 turdan so‘ng maksimal 12 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Jamo ayni payt peshqadamlik qilib turibdi.
"Betis" hisobida 9 ochko mavjud bo‘lib, klub 2-pog‘onani band etgan.

Fikrlar