
Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi La Liga klubida ish boshlashi mumkin
Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Roberto Moreno faoliyatini La Liga klubida davom ettirishi mumkin.
43 yoshli ispaniyalik mutaxassis "Granada" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda. Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Moreno iste’foga chiqarilgan Diego Martines o‘rnini egallaydi.
Moreno Ispaniya terma jamoasidan tashqari “Monako” klubini ham boshqargan. U 2020 yildan buyon ishsiz hisoblanadi. U shuningdek, "Roma", "Selta" va "Barselona" klublarida assistent sifatida ishlagan.
"Granada" ortda qolgan mavsum La Ligada 9-o‘rinni egalladi.
Fikrlar