"Ispaniyalik murabbiy xohlayotgan futbolni hali beri o‘ynay olmaymiz, markazdan hammani aldab gol uradigan Messi emasmiz" - Shoxnazar Norbekov "Metallurg"ni tark etishi xususida

  • 2 iyul, 2022, 22:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda xabar berganimizdek, iqtidorli futbolchi Shoxnazar Norbekov “Metallurg” bilan xayrlashdi. Mavsum boshida bekobodliklar safiga qo‘shilgan o‘yinchi endi ikkinchi davrani boshqa klubda o‘tkazadi.

Norbekov Sports.uz muxbiri bilan muloqotda “Metallurg”ni tark etishiga nima sabab bo‘lgani, ispaniyalik murabbiy va keyingi rejalari haqida gapirdi.

“Murabbiy taktikasiga tushmadim”

- Murabbiyni taktikasiga tushmadim. Murabbiy bilan meni xarakterim bir-biriga to‘g‘ri kelmadi. Evropa mutaxassisining xarakteriga tushunmas ekanmiz. U ham o‘zbek mentalitetiga tushunmadi. Biz do‘stona xayrlashdik. Klubda zaxirada o‘tirib pul ishlagandan ko‘ra, maydonda o‘ynab pul topganim yaxshiroq. Jamoa rahbariyati bilan bir-birimizni juda yaxshi bilamiz, hurmat qilamiz. Ularga ham vaziyatni tushuntirdim. Murabbiy xohlamaganidan keyin foydasi yo‘q-da. Ikki yillik shartnomamni bekor qilib ketdim. Bu masalada hech qanaqa muammo yo‘q.

“Ernandesning g‘oyalari yaxshi, ammo...”

- Fikrim bo‘yicha, ispaniyalik murabbiy xohlayotgan futbolni hali bizni o‘yinchilar u istagan darajada o‘ynab bera olmaydilar. Buning uchun vitaminizatsiya, dori-darmon, jismoniy tayyorgarlik hammasini yoshlikdan qo‘llash kerak bo‘ladi. Ispaniya futbolining qanaqaligini barchamiz bilamiz. “Metallurg” bosh murabbiyi talab qilayotgan futbolini o‘ynash uchun 2-3 yil vaqt kerak bo‘ladi. 60-70 daqiqaga etib, u yog‘iga etmay qolyapti. U murabbiyning futbolida 90 daqiqa tinmasdan orqaga va oldinga yugurish kerak. To‘g‘ri, bizda ham futbol rivojlanyapti. Biroq ispaniyalik murabbiy xohlayotgan futbolni biz hali beri o‘ynab bera olmaymiz. Albatta, Ernandesning o‘ylagan g‘oyalari yaxshi. Ammo biz tayyor emasmiz. “Real” o‘ynayotgan o‘yinning qolibini darhol bizga kiygazib qo‘ymoqchi. Murabbiyning mashg‘ulot uslullari yaxshi. Taktik g‘oyalari kuchli. Faqat...Taktikalari kuchli bo‘lgani bilan natija bo‘lmaganidan keyin baribir bunga murabbiy javob beradi. Rahbariyat nima qilishi kerakligini o‘zlari biladi. Men faqat ko‘rganlarimni sizga aytdim. U xohlayotgan narsalarni hali beri bizni futbolchilar bajarib bera olishmaydi.

shoxnazar2

“Zaxirada o‘tirib pul olgandan, boshqa joyda o‘ynaganim yaxshi”

- “Metallurg”dan yaxshi holatda ketdim. Jamoadagi hamma bilan munosabatim zo‘r. Birgina murabbiy bilan chiqisha olmadim. Zaxirada o‘tirib pul olgandan, boshqa joyda o‘ynaganim yaxshi. Pul olib turib o‘ynamasangiz umuman yoqimsiz ekan. Baribir maydonda o‘ynab, mehnat qilib ish haqi olsangiz buning gashti boshqacha.

“Superligada qolaman”

- Menga takliflar bo‘lyapti, lekin hali hech nima aniq emas. Hozircha biror-bir variantni tanlaganim yo‘q. Vaqt ko‘rsatadi. Uydagilar bilan maslahatlashib, bir to‘xtamga kelamiz. Albatta, Superligada qolaman.

shoxnazar1

“Sababchi biz hujumchilar bo‘lib qoldik”

- Vazifam bu yil ko‘proq gol urish edi. Ammo golga u qadar ko‘p imkoniyat ham bo‘lmadi. Oldin “Qo‘qon-1912”da bir uchrashuvda qator vaziyatlarga ega bo‘lardim. Biz o‘yin paytida o‘sha golli vaziyatgacha etib bora olmayapmiz. Shu bois sababchi biz hujumchilar bo‘lib qoldik. O‘zi klubda hujumchilar kam gol urdi. Men ham bitta gol urganman. Hujumchiga to‘p oshirilmasa, pas bo‘lmasa, vaziyat bo‘lmasa urolmaydi. Messi bilan Neymar kelsa ham ularga to‘pni etkazib bermasangiz gol ura olishmaydi. Maydonda to‘p bitta-ku, 10 ta emas-ku! Murabbiy aybni biz hujumchilardan qidirdi. Biz o‘zimizdan-o‘zimiz gol ura olmaymiz. Buning uchun vaziyat yaratilishi kerak. Markazdan hammani aldab gol urib ketadigan Messi emasmiz.

“Xato qilibman”

- To‘g‘risi, xato qilibman. Bu erga oilaviy sharoitim tufayli kelgandim. To‘g‘ri, bu tomondan qaraganda hammasi joyida. Ammo bundan ham yaxshi takliflar bor edi. Mayli, bo‘lar ish bo‘ldi. Vaqtni orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Boshida boshqacha o‘ylagandim, rejalarim katta edi.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Islom Esanov
02/07/2022 23:42
to`g`ri bizikilardan ish qil desa yoqmaydi faqat pulni olsa bo`ldi
Gulomqodir Askhanov
03/07/2022 12:04
Ишлашни хохламаган инсон бошкалардан айб кидиради бизнинг узбек футболчиларни 6 ойда Хар тамонлама шугулланиб пиккга чикса булади тугри ешликда хам тарбиялаш керак бу сабаб эмас. Тренерни Хар кандай холатда хам тушиниш , айтилганларини анализ килиш шарт. Хохласангиз хам хохламасангиз хам мажбурсиз мард булиб майдонга чиккансиз булмаса йигиштириш керак бунака ишни.
&
grossmeester@mail.ru
03/07/2022 10:26
бунча норози булмаса бу футболчи
сен шундай бир буюк футболчи булиб кетдингмики бир озрок захирада утириб колганинга ундай бундай дейсан
бир озрок мехнат килсанг нима булади бирор еринг узилиб колармиди бу ерга чикволиб кариллийсан