
Ispaniyalik mutaxassis Jizzax futbol federatsiyasi faoliyati bilan tanishdi
Bugun, 15 may kuni Ispaniya futbol federatsiyasi texnik direktori Xose Migel Zuniga Kiko va O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi yuristi Z.Xoliqov Jizzax shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Mehmonlarni viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i I.Tojiboev, viloyat futbol federatsiyasi 1-vitse prezidenti A.Musulmonov, Jizzax shahar xokimining investitsiya va turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Ibragimov kutib oldi.
Tashrif davomida mehmon viloyatda futbolga yaratilgan shart-sharoitlar, viloyat futbol federatsiyasi, "So‘g‘diyona" PFK faoliyati, sport maktablar va futbol maktab-internati faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, viloyatdagi mavjud sport muassasalari rahbarlari, futbol maktab internat murabbiylari va tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv va mahorat saboqlari o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mehmon murabbiylar va sportchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ispaniya va Evropaning o‘ziga tanish futbol federatsiyalari faoliyati to‘g‘risida, selektsiya va jamoalarni shakllantirish, texnik-taktik tayyorgarlik, futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gapirdi.
Fikrlar