
Ispanlar MYuning kushandasimi?
“Manchester Yunayted” qanchalar qudratli ko‘rinmasin, ispan klublaridan mag‘lubiyatga uchragani yangilik emas.
Bu gal Evropa Ligasining yarim finalida “Sevilya”ga imkoniyatni boy bergan manchesterliklar aslida qora an’anasini davom ettirdi. Ma’lumotlarga qarganda, bu “Manchester Yunayted”ning La Liga vakillariga qarshi o‘tkazgan 57-uchrashuvi bo‘ldi.
Qanchalar hayratlanarli tuyulmasin, inglizlar ana shu uchrashuvlardan atigi 13 tasini o‘z foydasiga hal qila olgan xolos. Ispan klublari “Manchester Yunayted”ni 22 marta maydondan quruq qaytargan bo‘lsa, yana shuncha uchrashuvda durang qayd etilgan.
“Manchester Yunayted” so‘nggi marotaba ispan klubini 2017 yilning 4 mayida mag‘lub etgan. O‘shanda Evropa Ligasining yarim finalida manchesterliklar “Selta”dan kichik hisobda ustun kelgan.
Fikrlar