Ispanlar Shomurodovni unutgani yo‘q!

  • 6 oktabr, 2022, 23:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasining guruh bosqichi uchinchi turida “Roma” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Ispaniyaning “Betis” jamoasini qabul qiladi.

Tecno

Bo‘lajak bahsda “bo‘rilar”ni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Chunki “Betis” xalqaro turnirning dastlabki uchrashuvda guruhning ikki vakili – XIKni 2:0, “Ludogorets”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, peshqadamga aylanib oldi.

Bolgariya jamoasiga yutqazib, finlyandiyaliklarni enggan “Roma” ispanlarni mag‘lubiyatga uchrata olmasa, guruhdan chiqish imkoniyatlari sezilarli darajada pasayib ketdi.

Shomurodov-Ludogo

Statistika mutaxassislarining ta’kidlashicha, “Roma” o‘z maydonida Ispaniya klublari bilan jami 17 marotaba bellashgan. Bu to‘qnashuvlarning ettitasida “Olimpiko” egalari g‘alabani tantana qilgan, ikki bor durang qayd etib, sakkizta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

E’tiborli jihati, “bo‘rilar” o‘z maydonida ispan klublari bilan bo‘lgan oxirgi sakkizta uchrashuvning faqat bittasida zafar quchgan. O‘sha mashhur bellashuvda “Roma” futbolchilari “Barselona” vakillarini 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.

“Betis” jamoasi Italiyaga uch marta safar uyushtirgan va A Seriyaga klublariga qarshi o‘yinlarda bitta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan. Yagona g‘alaba 2018 yilning oktyabrida Evropa ligasi guruh bahsida “Milan” ustidan qozonilgan – 2:1.

“Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourino va “Betis” bosh murabbiyi chililik Manuel Pellegrinining o‘zaro to‘qnashuvlari tarixi anchagina boy. Portugaliyalik mutaxassis o‘zaro bahslarda hamkasbini sakkiz marta “tiz cho‘ktirgan”. Uchta bellashuvda g‘olib aniqlanmagan. To‘rt marotaba Pellegrinining qo‘li baland kelgan.

Yana bir e’tiborga molik tomoni Mourino 2010 yili “Real”ga aynan Manuel Pelegrini o‘rniga qabul qilingan.

“Roma” Evrokuboklarda mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. “Bo‘rilar” qit’a miqyosidagi xalqaro turnirlarda yigirmata uchrashuvdan beri o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Ular shu bahslardan 14 tasida zafar quchgan.

Evropa ligasi doirasidagi uchrashuvlar “Roma” futbolchilari  “Olimpiko”dagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 13 tani tashqil qilmoqda. Rimliklar hisobida bu turnirda to‘qqizta g‘alaba va to‘rtta durang bor.

“Betis” vakillari esa Evropa ligasidagi safar uchrashuvlarida ketma-ket uchta bahsda mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.

Har ikki jamoa boy tarixga ega ekaniga qaramay, ular rasmiy uchrashuvlarda o‘zaro to‘qnash kelmagan.

2021 yili “Betis” va “Roma” o‘rtoqlik o‘yinida kuch sinashgan xolos. Sevilya shahridagi “Benito Vilyamarin” arenasi mezbonlik qilgan  o‘sha bahs “Roma”dagi vakilimiz Eldor Shomurodov uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Shomurodov o‘rtoqlik bahsida “Roma” safidagi debyut golini urgan va jamoadoshi Janluka Manchiniga golli pas uzatib bergan.

19991951_0_0_2150_1433_1920x0_80_0_0_d0a96205121b1c05123f328e2b15e6cb

O‘rtoqlik o‘yini sevilyaliklarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanganiga qaramay, Shomurodov jamoasining har ikki golida ishtirok etib, yangi o‘yinchi sifatida o‘z salohiyatini namoyish eta olgan edi.

“Roma” va “Betis” o‘rtasidagi ilk rasmiy uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan yarim tunda, soat 00:00 da boshlanadi.

Shomurodov, tayyorlan!

Ekspertlar bahosi: Shomurodov qahramon bo‘lishi mumkin edi...

O‘runov "modnyy" yigit!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Turgunоv Abduvaкhab
06/10/2022 19:12
Элдорсиз Рома ютказади...