
Ispanlar xaridorlarni qo‘rqitishni istamadi
“Sevilya”ning frantsiyalik himoyachisi Jyul Kundabir qator grand klublarning orzu hisoblanadi.
Sevilyaliklar moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirish uchun yozda o‘z etakchisini sotishga tayyor. Biroq ular xaridorlarni qochirmaslik uchun Kundening narxini biroz pasaytirishni ma’qul topdi.
Jyul Kunde hozirgacha 80 million evroga baholanayotgan edi. “Sevilya” xo‘jayinlari yozgi transferlar vaqtida himoyachini 65 million evro to‘lagan klubga o‘tkazib yuborishga roziligini bildirmoqda.
Hozir iste’dodli yosh futbolchi “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Barselona”, “Real”, “Chelsi” va PSJ nishonida turibdi.
Kunde yakunlangan mavsumda 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar