Isroil Madrimov bilan sparring qilgan bokschi endi undan o‘tib ketdi

  • 10 aprel, 2022, 18:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) WBC vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun jang bo‘lib o‘tdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Las-Vegas shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ushbu kamar uchun Sebastian Fundora va Erikson Lubin bahs olib bordi. Lubin ochkolar bo‘yicha oldinda bo‘lsada, 9-raundga kelib yuzidagi jiddiy jarohatlar sabab uning burchagi jangni rad etdi va shu tariqa Fundora kamar bilan birga majburiy da’vogar maqomiga ham ega bo‘ldi. Bugungi g‘alabadan so‘ng Fundoraning statistikasi 19-0 (13KO) ko‘rinish olgan bo‘lsa, Lubinda bu ko‘rsatkich 24-2 (17KO)ga o‘zgardi.

Sebastian Fundora impressively stops Erickson Lubin in nine - The Ring

Graphic Warning: Boxer Erickson Lubin's Face Gets Ripped to Shreds in His  Second Career Defeat - EssentiallySports

Ushbu vazn toifasi WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar nomi Isroil Madrimov (8-0, 6KO) va Mishel Soro (35-3-1, 24KO) revansh bahsida aniqlanadi.

Hozirda super yarim o‘rta vazn WBC, WBA, IBF chempionlik kamarlari Jermell Charloga (34-1-1, 18KO), WBO chempionlik kamari Brayan Kastanoga (17-0-2, 12KO) tegishli. Ular o‘rtasidagi mutlaq chempionlik jangi 14 may kuniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Sebastian Fundora va Isroil Madrimov 2019 yilda o‘zaro sparringda ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!