Isroil Madrimov haqida jahonning eng mashhur nashri tomonidan ajoyib maqola chop etildi

  • 28 mart, 2020, 18:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Isroil Madrimovni O‘zbekistonda tanimagan inson bo‘lmasa kerak. Albatta, u havaskor boksda o‘zining ajoyib harakatlari, natijalari bilan barchamizni birdek xursand qilib kelgan. Uning professional boksdagi faoliyati yanada yorqinroq ko‘rinish olmoqda va bu davomiy bo‘lishini chin dildan xohlar edik. Bu borada esa, Isroilga ishonamiz. Chunki uning salohiyati bundanda yuksak natijalarni qayd eta olishiga ishonchimiz komil!

Tecno

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek u professional yo‘nalishda ajoyib natijalar qayd etishda davom etmoqda. 5 ta jang va 5 ta nokaut!

Uning mag‘lubiyatsiz seriyasi, jang olib borish uslubi, o‘ziga xos zarbalari jahon professional boks ommasining hayratiga va e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. U to‘g‘risida jahon professional boks olamining ko‘zga ko‘ringan shaxslari tomonidan bildirilayotgan iliq fikrlar esa, yurtdoshimizning kuchiga, iste’dodiga berilgan munosib bahodir. Jumladan, Eddi Xirnning “Monstr” deb atashi ham bunga misol bo‘la oladi. Xirnning ayni kunda, jahon professional boks hamjamiyatidagi nufuzi esa barchaga ma’lum... Shuningdek, professional bokschilarimiz orasida horij matbuotining eng ko‘p e’tiboriga tushayotgan ham Isroil Madrimovdir.

Kecha, butun dunyoga mashhur, ESPN nashri yurtdoshimiz haqida ajoyib maqolani chop etdi.

mad

Ushbu maqolani siz bilan baham ko‘rishga qaror qildik...

- FRISKO, Texas shtati. 29 fevral Ford Center at The Star majmuasida markaziy jangi Mayki Garsiya hamda Jessi Vargas o‘rtasida bo‘lgan, bir qator iste’dodlarga boy bo‘lgan boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari ushbu jang kechasida bir qator chempionlik janglari, xususan, yarim engil vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun Xulio Sezar Martines  Jeem Xarrisga qarshi, mazkur vazn toifasida WBA chempionligi yo‘lida “Slava” zalining kelajagi Roman “Chocolatito” Gonsales esa Xalid Yafai bilan to‘qnash keldi.

Butun e’tibor ushbu uch qarama-qarshilikka qaratilgan  bir vaqtda anderkardda bir qator umidli yosh bokschilar ringga ko‘tarilar edi. Jumladan, 25 yoshli Isroil Madrimov tajribali Charli Navarroga qarshi WBA chempionlik kamari yo‘lidagi saralash jangida ishtirok etdi.

O‘sha vaqt jahonning yosh va umidli bokschilari qatorida e’tirof etilayotgan Madrimovni Timoti Bredli, Lukas Matisse, Ruslan Provodnikovlar bilan ishlagan, Joel Dias aka-ukalari Antonio va Xulio bilan birgalikda shug‘ullantirayotgandi.

Joel Madrimovni o‘zi uchratgan bokschilarni ichidagi eng yaxshi tabiiy mahorat egasi deb atadi.

Navvaro bilan ringga ko‘tarilgan Madrimov o‘zbekistonlik bo‘lib, mag‘lubiyatsiz odimlayotgandi. Charli ustidan g‘alaba Madrimovni WBA "regular" kamari sohibi Erislandi Lara yoki IBF va WBA super titullari egasi Xeyson Rozariolarga qarshi chempionlik jangiga yaqinlashtirardi...

Davomi bor...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!