"Istanbul Bashakshehir" Abbosbek Fayzullaev transferini rasman e’lon qildi

  • 30 iyul, 20:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi O‘zbekiston Milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullaev bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Tecno

Klub va futbolchi o‘rtasidagi bitim besh yilga mo‘ljallangan. OAV avvalroq trasnfer summasi 7,5 million evroni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.

"Assalomu alaykum Abbosbek Fayzullaev! Klubimiz bungacha TsSKAda to‘p surgan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Fayzullaevni oilamizda qutlaymiz va unga olovrang-ko‘k libosda muvaffaqiyat tilaymiz", - deyiladi "Istanbul Bashakshehir" matbuot xizmati xabarida.

Fayzullaev 2023 yil avgustidan buyon TsSKAda o‘ynab kelayotgandi, u "Paxtakor"dan 500 ming evro evaziga o‘tgandi.  21 yoshli Abbosbek Moskva klubi safida jami 72 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

TsSKA bilan birgalikda Fayzullaev Rossiya kubogi va Superkubogi hamda RPLning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev 2023 yil Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!