
Iste’dodli hujumchi nega MYudan yuz o‘girdi?
“Lill” jamoasining yangi hujumchisi Jonatan Devid nega aynan Frantsiya klubini tanlaganiga izoh berdi.
- Angliya premer-ligasi yuqori saviyadagi musobaqa ekanini hamma biladi. Mening tanlovim esa zaxirada o‘tirmay, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish istagi bilan bog‘liq, - dedi Devid.
Belgiya chempionatida “Gent” sharafini himoya qilib, o‘zini ko‘rsata olgan kanadalik futbolchini “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Lids” kabi jamoalar o‘z safiga chorlagan edi.
Fikrlar