"Istiqlol" bosh murabbiyi "Ertangi o‘yinga har tomonlama tayyormiz"

  • 24 noyabr, 2024, 22:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga Elit Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Istiqlol" - "Paxtakor" bahsi bo‘lib o‘tadi.  Uchrashuvdan avval tehronliklar bosh murabbiyi Pitso Mosimeyn matbuot anjumanida qatnashdi. 

"Ertangi o‘yinga har tomonlama tayyormiz. "Paxtakor" jamoasiga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi, ammo bu o‘yinning natijasi biz uchun muhim. Shuning uchun bu uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Raqibimizga ham g‘alaba kerak va tabiiyki ular uchun ham borini beradi. Ertaga bizni jozibali va tomoshabop bahs kutmoqda. Natijani o‘zimizniki qilish uchun bahonamiz yo‘q. Ammo bu o‘yinda asosiy o‘yinchilarimizning yo‘qligi sabab yoshlarga ham imkon beramiz. Ular o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyatga ega bo‘lishadi", - dedi Mosimeyn. 

Eslatib o‘tamiz, "Istiqlol" - "Paxtakor" uchrashuvi 21:00da Dubaydagi "Al Rashid" stadionida boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!