
Italiya A Seriyasida yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. U Ronaldu yoki biror nomdor o‘yinchi emas (Foto)
A Seriyada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu haqda Italiya chempionati rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko‘ra "Latsio" klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich A Seriyada o‘tgan oydagi eng yaxshi o‘yinchi, deb topildi. Ushbu nominatsiya g‘olibi Stats Perform reytingiga qarab aniqlanadi.
Rimliklar yarim himoyachisining texnik samaradorligi 95%, to‘g‘ri qaror qabul qilish — 94,5%, har bir o‘yinda 12 km yugurdi va boshqa yuqori ko‘rsatkichlarga ega.
Fikrlar