
Italiya Belgiyani engdi va Millatlar ligasida 3-o‘rinni egalladi (video)
UEFA Millatlar ligasining 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Italiya va Belgiya terma jamoalari o‘zaro maydonga tushdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:1 hisobida italiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni g‘olib jamoa safida gollarni Nikolo Barella (46') va Domeniko Berardi (65') kiritdi. Belgiyaning yagona javob goliga esa Sharl de Ketelare (86') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar