Italiya chempioni “Manchester Yunayted”ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 13.05.2024 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” safida Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan Denzel Dyumfris faoliyatida o‘zgarish qiladigan bo‘ldi.

Tajribali qanot himoyachisi kelasi mavsumni “Manchester Yunayted”da boshlashga rozilik bergan.

Niderlandiyalik futbolchi jamoani boshqarayotgan o‘z hamyurti Erik ten Xag qo‘l ostida to‘p tepishga va o‘z kuchini dunyoning eng kuchli ligasida sinab ko‘rishga jiddiy qiziqyapti.

Dyumfrisga Angliya Premer-ligasining boshqa klublaridan ham chorlovlar bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!