Italiya klublari Angliyadagi qimmatbaho nemis hujumchisini chaqiryapti
Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan “Nyukasl”ning germaniyalik hujumchisi Nik Voltemadega Italiya klublarining qiziqishi ortib bormoqda.
“Nyukasl” Voltemadeni atigi bir yil avval “Shtutgart”dan 69 million funt sterlingga sotib olgan edi. U Aleksandr Isakning o‘rniga olingan bo‘lib, shvetsiyalik futbolchi keyinchalik “Liverpul”ga rekord summaga sotilgan.
Voltemade “Nyukasl”dagi faoliyatini juda yaxshi boshladi, ammo keyinchalik markaziy hujumchi sifatida o‘ynashni va gol urishni to‘xtatdi. Bu esa uning “Sent-Djeyms Park”dagi atigi bir mavsumdan keyinyoq ketishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi.
Sky Sports xabar berishicha, 24 yoshli nemis futbolchisining ketishi haqiqatan ham ehtimoldan xoli emas. U Premier-liganing birinchi turida “Liverpul”ga qarshi uchrashuvda bir daqiqa ham maydonga tushmagan.
A Seriyasining bir nechta klubi Voltemadeni ijaraga olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Biroq “Nyukasl” Nikni Italiyaga faqat yaxshi moliyaviy kompensatsiya evaziga ijaraga berishga tayyor.

Fikrlar